Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OTA-ONA QARAMOG‘ISIZ QOLGAN BOLAJONLARGA “YANGI YIL” SOVG‘ALARI ULASHILDI
2022-12-22 12:51:19 191
Bayram tadbirlari davom etmoqda
Xayr sahovat ko‘rsatish, ehtiyojmandlar holidan xabar olish, ularga ko‘mak berish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan hisoblanadi. Zero, “Yangi yil” bayrami arafasida ham Qo‘shtepa tumanida bunday tadbirlar davom etmoqda.
Bugun 1-sektor hududidagi “Yangi do‘kon” va “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolajonlarga “Yangi yil” sovg‘alari ulashildi.
Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupovlar “Yangi do‘kon” hamda “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, 20 nafarga yaqin ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolajonlarga va ularning yaqinlariga “Yangi yil” sovg‘alarini topshirdilar.
Bu kabi tadbirlar Qo‘shtepa tumanidagi barcha sektorlarda davom etmoqda.