Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUV TA'MINOTI TIZIMI TUBDAN YAXSHILANMOQDA
2022-12-21 11:04:48 196
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyat aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 670-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi Xumdon MFY hududida 3.0 kilometr oqava suvi tarmog‘i tortish, 1 dona mavjud KNSni rekanstruktsiya qilish, 2 dona fikal haydovchi nasos o‘rnatish rejalashtirilib, buning uchun 1.35 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu kungacha “Far qurilish montaj invest” MChJ tomonidan 2.2 kilometr transheya qazildi. 1.87 kilometr oqava suv tarmog‘i montaj kilinib, 6 dona quduq o‘rnatildi hamda KNS binosida rekanstruktsiya ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek Shodlik mahallasi hududidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2.0 kilometr yangi oqava suvi tarmog‘i tortish, 1 dona yangi KNS qurish ishlari rejalashtrilgan bo‘lib, 1.400 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. “Komolxonov Jaxon” MChJ tomonidan shu kungcha 2 kilometr transheya qazildi va 1.6 kilometr oqava suv tarmog‘i montaj qilindi.