Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2022-12-20 18:37:56 150
Deputat Rasul Kusherbayevga yuborilgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Elektr quvvati pastligi sabab chiroqlar ham yonmaydi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy murojaatda shunday deyiladi: – “Men Rahimov Shukurullo Adham o‘g‘li, Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Mumtoz maxallasi, Nuroniylar ko‘chasida 164 uyda istiqomat qilaman.
Yosh oilamiz, 2 nafar farzandim bor.
Men yashab turgan xududning transformatori talabga javob bermaydi. Xattoki chiroqlar ham yonmaydi.
Tuman elektrosetga aytsak, dasturda yo‘q transformator qo‘yish deyishgan.
Iltimos shu masalada yordam bering.” – deya xabar qilingan.
Ushbu shikoyat murojaatchi Qo‘shtepa tumani Mumtoz MFY Nuroniylar ko‘chasi, 167-uyda yashovchi Shukrullo Raximov ishtirokida o‘rganildi. Nuroniylar ko‘chasi TP-689/100 kVA dan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. TP-689 ni 100 kVA transformatori joriy yil 13 dekabr kuni o‘ta zo‘riqish natijasida kuyib ishdan chiqqan. Shu kuni TETK zahirasidagi 100 kVA transformator TP-689 ga o‘rnatilib ishga tushirilgan. Hozirda TP-689 ni 100 kVA transformatori ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanmoqda. Mahalladagi xomiylar tomonidan TP-689 ga qo‘shimcha quvvati 400 kVA transformtaor punkti qurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu TP 3 kun ichida ishga tushirilib, TP-689 ga ulangan iste’molchilarning ma’lum qismi yangi TP ga o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.