Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAM TA’MINLANGAN HAMDA OG‘IR AHVOLDAGI BEMORLARGA XOMIYLIK YORDAMI KO‘RSATILDI
2022-12-15 12:01:36 195
#Inson_qadri_uchun
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda
Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini ijobiy hal etish to‘g‘risidagi tamoyillari bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida sezilarli ishlar olib borilmoqda.
Xususan tuman Xalq qabulxonasiga kelib tuman hokimiga oiladagi yetishmovchiliklar tufayli moddiy yordam hamda o‘z yaqinlarining og‘ir kasalliklariga davo topish maqsadida ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qilgan 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy xal etildi. Bugun tuman hokimi I.Novikovning tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ahvoldagi bemorlarni sog‘ligini tiklashlari uchun ularga xomiylik yordami ko‘rsatildi.
Tumandagi “Salimjon Sardor yeri fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari S.Mirzayev tomonidan ehtiyojmand oilalarga sakkiz million so‘m miqdorida moddiy yordam berildi.