Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI NISHONLANDI

×

 2022-12-11 17:41:19    192

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Shodlik” tantanalar majmuasida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami nishonlandi. Bayramda bobo dehqonlarning hamda tuman ahlining mehnati yana bir bor ulug‘landi.

Aynan qishloq xo‘jaligi sohasida Qo‘shtepa tumanida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan bo‘lib, dehqonchilikning muhim qadriyat va an’analari asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib sayqallanib kelmoqda.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Tuman hokimi I.Novikov barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Bayramda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z mehnati bilan yaxshi ko‘rsatgichlar va natijalar qayd etganlar “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni, shuningdek esdalik sovg‘alari hamda tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan bayram tadbirida san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi barchaga zavqu-shavq ulashdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram