Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2022-12-05 08:35:16 168
Qo‘shtepa tumani hokimligining ma’naviyat zalida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining mas’ullari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O’zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-sonli qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati, bu borada tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar, ushbu muammolarni bartaraf etishda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib ijroga qaratildi. Ushbu yig‘ilishda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etdi.