Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI AMALDA
2022-12-03 14:44:33 152
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qo‘shtepa tumanida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, bu orqali tumanimizda yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan bugun 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i Z.Mirzayev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Uzaqovalarning tashabbusi bilan Qorajiyda MFYga qarashli chekka hudud hisoblangan Olmazor qishlog‘ida manzalari ko‘chatlar ekildi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida mazkur qishloqda barpo etilayotgan ziyoratgohga turli hildagi 100 tupdan ziyod manzarali ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. Ko‘chat ekishda 40-MTT xodimlari va obodonlashtirish boshqarmasining ishchi-xodimlari tashabuskorlik ko‘rsatishdi.