Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2022-12-03 08:58:40 173
Qo‘shtepa tumanida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarda, ijtimoiy soha ob’ektlarida, o‘quv muassasalarida shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida, “Dehqon bozori” MChJda hamda aholi ko‘p to‘planadigan boshqa ob’ektlarda yong‘inlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri tuman FVB, tuman IIB va “Hududgaz” Farg‘ona gaz ta’minoti filiali Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan hamkorlikda o‘tkazildi.
Xususan Yangi do‘kon MFY hududida o‘tkazilgan tadbirda Sardoba ko‘chasidagi o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan gaz so‘g‘ichlar bartaraf etildi.
Shuningdek, Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Dehqon bozori”da esa oshxona va umumiy ovqatlanish joylarida gaz ballonlardan foydalanmaslik, IS gazidan zaharlanishni oldini olish hamda noqonuniy isitish moslamalardan foydalanmaslik to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.