Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISTE’MOLCHILARGA 41 MING 356 DONADAN ZIYOD MAISHIY GAZ BALLONLARI ORQALI SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERILMOQDA

×

 2022-12-02 08:37:21    83

PDF yuklash
Chop etish



Aholining turmush farovonligini ta’minlashda ularni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash ham muhim omil sanaladi. “Hududgaz” Farg‘ona gaz ta’minoti filiali Qo‘shtepa tumani bo‘limi jamoasi ham bu ezgu ishga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.

Bo‘lim tomonidan tuman bo‘yicha 39 152 ta iste’molchilarga 41 ming 356 donadan ziyod maishiy gaz ballonlari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Bir vaqtning o‘zida 7 ta maxsus gaz tashish avtotransportlari mavjud 46 ta mahallalar kesimida tuman hokimligi bilan kelishilgan jadvalga asosan aholiga xizmat ko‘rsatadi.




1 ta xonadonga 1 ta gaz balloni yetkazib berish muddati 40-45 kun bo‘lib, bunda uzilishlar bo‘lmayapti.   

Tumanimiz aholi xonadonlari va boshqa turdagi iste’molchilarga o‘tgan 2021 yilda 6 ming 27 tonnadan ziyodroq suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan 11 oy davomida 5 ming 426 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz iste’molchilarga yetkazildi. Bu degani, 271300 dan ortiq maishiy gaz ballonlari “aylanma” usul orqali almashtirilib berildi, demakdir.

Shu kunga qadar 41356 ta maishiy gaz ballonlariga shtrix kodli stikerlar o‘rnatilib, 39 mingdan ortiq iste’molchilar ID kartalar bilan ta’minlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram