Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2022-11-26 12:14:41 158
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31 oktyabrdagi №02/1-1162-sonli topshiriq xati asosida tashkil etilgan ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Qo‘shtepa tuman hokimligida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tumandagi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari yuzasidan aholi muammolarini mahallabay hal etish, ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korruptsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari A.Yunusov, tuman BTPJ bo‘limi boshlig‘i Sh.Sharopov, tuman hokimligining ma’sul xodimlari, hokim yordamchilari hamda “Ishchi guruh” tarkibidagi tashkilot mas’ullari ishtirok etishdi.