Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI MEHNAT KODEKSI

×

 2022-11-24 15:54:51    25

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Mehnat kodeksining 302-303-moddalariga ko‘ra: Xizmat tekshiruvi – xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirishdir. ✅Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: ????ommaviy axborot vositalarining xabarlari; ????xodimning bevosita rahbarining bildirgisi; ????jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari; ????xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa ma’lumotlar. ???? Ish beruvchi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladigan xodim ish beruvchining xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyrug‘i hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak. Ulug‘bek SULAYMONOV, Qo‘shtepa tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.