Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA KAR-SOQOV FUQAROLAR UCHUN QABUL O‘TKAZILDI

×

 2022-11-24 12:51:43    26

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyati karlar jamiyati hududiy bo‘limi tomonidan Qo‘shtepa tumanida yashovchi kar-soqov fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi.

Qo‘shtepadagi Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul chog‘ida 30 nafardan ziyod kar-soqov fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda fuqarolarning moddiy yordam, bandlik, subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, sog‘liklarini tiklash va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi. Ayrim murojaatlarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirildi va nazoratga olindi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram