Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

×

 2022-11-23 14:28:51    167

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi 1 va 2-sonli kasb-hunar maktablarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupov, viloyat Kasbiy talimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma mutaxassisi M.Oripov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani vakili S.Nuriddinov, tuman bosh imom-xatibi A.Ahmadaliyev, “Ismoil Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi A.Mirsaidov, shuningdek kasb-hunar maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tinchlik siyosati, inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va boshqa dolzarb mavzular to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek so‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, dinimizga zid bo‘lgan yot qarashlar, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida yig‘ilganlar e’tiboriga maxsus tayyorlangan “Soxta da’volar” nomli hujjatli film namoyish etildi.














 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram