Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODDIY CHIQINDIDAN FOYDA OLAYOTGAN TADBIRKOR

×

 2022-11-23 13:22:26    95

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi tadbirkorlar orasida oddiy chiqindidan foyda olayotganlarni ham uchratish mumkin. Murtazoxon Eraliyev ana shunday chiqindini qayta ishlash korxonasini tashkil etgan tadbirkordir. U yurtimizda tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib “Sardoba Ko‘za Plast” xususiy korxonasini tashkil etib, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda ushbu korxonada oddiy chiqindidan foyda olinmoqda.

Ushbu loyihaning qiymati 4.500 mlrd so‘m bo‘lib, bir yilda 150 tonna chiqindini qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, 20 nafar doimiy ish o‘rinlari ham yaratilgan. Tadbirkor chiqindini saralash, maydalash, eritish va qayta quyish uchun yangi texnologiyalarni xorijdan olib kelgan.

Xo‘sh, tadbirkor maishiy chiqindidan mahsulot olishni va undan daromad topishni qanday uddalamoqda?

Ishni bir maromda yurgizish uchun korxona tomonidan 10 nafardan ziyod xodim ajratilgan bo‘lib, ishxonaga tegishli transportlarda har kuni aholidan 0,5-1,0 tonna plastik idishlar yig‘ib kelinadi. Aniqrog‘i bu maishiy chiqindi hisoblanadi. Olib kelingan mahsulot dastlab maxsus ishqorli suvda yuviladi. So‘ngra texnika yordamida parchalanadi. Undan keyin eritish va granulalash jarayoni boshlanadi. 3 tonna mahsulot stanokka kirgandan keyin tayyor mahsulotga aylanadi. Plastikdan granula olinib, ikkilamchi xom ashyoga aylanadi.

Tayyor holga kelgan mazkur xomashyodan esa ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Masalan gul tuvakmi, paqirmi, cho‘michmi qaysi mahsulotga buyurtma bo‘lgan bo‘lsa shunga qarab quyib chiqariladi. Asosiy mahsulotlar ikkilamchi mahsulotdan tayyorlanadi. Ularning xaridori esa mamlakatimizning ichki bozorida, yurtimiz bo‘ylab sotiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ushbu loyiha nafaqat tuman iqtisodiyotini yuksaltirishga, balki ekologiya barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

 







 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram