Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“XONADONBAY” ISHLASH TIZIMI: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

×

 2022-11-23 09:07:18    104

PDF yuklash
Chop etish



#Jarayon 

 

Ma’lumki, joylarda “mahallabay” ishlash tizimi orqali aholining real muammolarini aniqlash, ularni ijobiy hal qilish, aholi ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda aholi ehtiyojlariga ko‘ra infrtuzilmani yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shu maqsadda Qo‘shtepa tumanidagi mavjud 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “beshlik” jamoasi to‘liq tarkibda aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolarini o‘rganilib, har bir xonadonga alohida yondashuv asosida samimiy suhbat o‘tkazilmoqda.

Xonadonning ijtimoiy iqtisodiy holati, bandlik darajasi, yoshlar balansini shakllantirish, xotin-qizlar masalalari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar bo‘yicha olib borilgan suhbatlar davomida rejalar belgilanib, ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xatlov yakunlari bo‘yicha 2023 yilga “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. O’rganish ishlari esa barcha mahallalar bo‘yicha davom ettirilmoqda.

 







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram