Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHORAT DARSI O’TKAZILDI
2022-11-22 16:24:49 175
Qo‘shtepa tumani hokimligida apparat xodimlari hamda bo‘limlardagi mas’ullar uchun “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining imlo qoidalarini o‘rganish va yangi yozuvga to‘liq o‘tish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsi Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sayyoraxon Qurbonova hamda tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 4-umumta’lim maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Gulmiraxon Boboraximovalar tomonidan olib borildi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Muhabbatxon Mo‘ydinova tumanda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Dars davomida ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar tinglandi va bu bo‘yicha bahs-munoza o‘tkazildi.