Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI XALQ QABULXONASI HAMDA DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI BILAN HAMKORLIKDA MONITORING O‘TKAZILDI
2022-11-22 14:47:35 201
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda Obod qishloq va Obod mahalla dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli qaroriga asosan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tuman Davlat soliq inspektsiyasi bilan hamkorlikda 4-sektor hududida joylashgan Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘chalarni ta’mirlash (shag‘allashtirish), ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, mahallada 15 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, 1 ta ichimlik suvi inshooti o‘rnatish va 1 ta suv inshootini ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda barcha ishlar bajarilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 227 ta tayanch ustunlar o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, 227 tasi o‘rnatilgan. 4 km elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari esa 3 km.ga bajarilgan. Rejadagi 2 ta elektr TP (Transformator) o‘rnatish ham o‘z nihoyasiga yetkazilgan.
2,5 km shag‘allashtirish, 5,5 km asfaltlashtirish rejalari ham amalda bajarilayotganligi aniqlandi.