Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2022-11-22 09:09:32 171
Qo‘shtepa tumanida ichimlik suvi tarmog‘i tortish, suv minorasi o‘rnatish bilan birga ichimlik suvi tarmog‘idagi yuzaga kelgan nosozliklar ham bartaraf etib borilmoqda.
“Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tumani filiali tomonidan Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mayda millat kishlog‘ida D-160 mmli ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shuningdek, Xumdon mahalla fuqarolar yig‘inida yangi 3 km masofada ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda. Kichik Beshkapa mahallasida esa 500 dan ziyod xonadonga ham obihayot kirib bordi.