Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KEKSALAR HAMISHA E'ZOZIMIZDA
2022-11-16 14:31:17 178
Ma’lumki, yoshi ulug‘ insonlarning hayot yo‘llari har doim yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib kelgan. Ularning duolari navqiron avlodga kuch-quvvat, g‘ayrat shijoat bag‘ishlaydi. Yoshi ulug‘larni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviyati va madaniyati belgisidir.
Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan “Keksalar – e’zozimizda” deb nomlangan uchrashuvda xalqimizga xos ezgu an’analar yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbirda tumanimizda istiqomat qilayotgan piru badavlat nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdi. Shuningdek, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining keksalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Raxmonovlar ham qatnashdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov bugun keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarning har bir so‘zi, hayotiy tajribasi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda g‘oyatda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Bir piyola choy ustidagi shirin diydor barchaga xushkayfiyat baxsh etib, faol va fidoyi hamyurtlar esga olindi, davraning fayzi bo‘lgan nuroniylarga ehtirom ko‘rsatildi.