Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
16-NOYABR – XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNI
2022-11-15 19:11:50 563
16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – tinchlik va osoyishtalik garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda tumandagi Do‘stlik, Paxtakor, Borot, Oqtepa, Qoraqushchi, G’ishtmon, Istiqbol va Bo‘ston mahallalarida istiqomat qiluvchi turli millat vakillari, shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyev, tuman hokimligi din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis S.Nuriddinovlar ham ishtirok etishdi.
Tadbirda davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadi borligi, fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta’minlash mumkinligi, O’zbekistonda fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zaro hurmat qilinishi, xususida fikr-mulohazalar bildirildi.