Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI” QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA
2022-11-14 12:49:05 181
Hukumatimizning “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan oylik doirasida keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qo‘shtepa tumanida ham turli ijtimoiy loyihalar amalga oshirilib, yurtimizning diqqatga sazavor joylariga sayohatlar uyushtirilmoqda.
Oylik doirasida tumandagi 50 nafardan ziyod nuroniy otaxonlar uchun Namangan shahriga sayohat tashkil etildi. Keksalarni e’zozlashga qaratilgan xayrli tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda.