Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

×

 2022-11-11 14:53:13    88

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun 15 noyabr – Butunjahon retsikling yoki ikkilamchi qayta ishlash kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi chiqindilardan ikkilamchi xom-ashyo ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishish maqsadida Qo‘shtepa tumanida viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda press-tur tashkil etildi.




Ishtirokchilar Qo‘shtepa tumanidagi “Sardoba Ko‘za Plast” xususiy korxonasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona rahbari Murtozoxon Eraliyev ishtirokchilarga mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari haqida gapirib berdi.




“Sardoba Ko‘za Plast” xususiy korxonasida oddiy chiqindidan foyda olinmoqda. Korxona tomonidan ajratilgan xodimlar tomonidan aholidan har kuni 1,5-2 tonna plastik idishlar yig‘ib kelinadi. Olib kelingan mahsulot maxsus ishqorli suvda yuviladi. So‘ngra texnika yordamida parchalanadi. Maxsus texnika yordamida eritiladi va granulaga aylanadi. 3 tonna mahsulot stanokka kirgandan keyin tayyor mahsulotga aylanadi. Gul tuvakmi, paqirmi, cho‘michmi, qaysi mahsulotga buyurtma bo‘lgan bo‘lsa shunga qarab quyib chiqariladi. Asosiy mahsulotlar ikkilamchi mahsulotdan tayyorlanadi. Ularning xaridori esa mamlakatimizning ichki bozorida, yurtimiz bo‘ylab sotiladi.






Press-turdan so‘ng Qo‘shtepa tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahromjon Qurbonov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda “Obod qishloq” davlat dasturi ijrosining ta’minlanishi, dasturda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram