Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI” AYOLLARGA QANOT BO‘LMOQDA
2022-11-10 13:10:16 206
Xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish mamlakatimizda muhim masalalardan hisoblanadi. Prezidentimiz sa’y-harakati bilan yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy qiyin ahvoldagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ayollar daftari”dagi ayollar bilan manzilli ish olib borilib, ular uchun qulay daromad manbalari yaratilmoqda.
Xususan, uchinchi bosqich “Ayollar daftari”ga kirgan ishsiz, ijtimoiy kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish borasida Qo‘shtepa tumanida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bugun Xumdon MFYda “Ayollar daftari”ning 3-bosqich 5 toifasi ro‘yxatiga olingan R.Yo‘ldasheva tuman hokimi I.Novikov tomonidan tikuv mashinasi topshirildi.
— “Ayollar daftari” biz ayollarga qanot bo‘lmoqda, — deydi R.Yo‘ldasheva. — Ishdan bo‘sh vaqtimni bekor o‘tkazmay tikuvchilik bilan shug‘ullansam degan edim. Ammo, ro‘zg‘orimdan orttirib, tikuv dastgohni olaolmay kelayotgan edim. Endi bo‘sh vaqtimda tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oilamizga qo‘shimcha daromad olib kiraman. Bizday ijtimoiy kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlab g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan yurtimiz otasiga mingdan-ming rahmat!