Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI – XALQQA KO’MAKDOSH

×

 2022-11-09 13:04:03    117

PDF yuklash
Chop etish



QISQA SATRLARDA...   

   

Shakar MFYdagi hokim yordamchisi A.Ahmedovning ko‘magida Musaffo ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Kamolovaga issiqxona tashkil etish uchun shuningdek, Xumdon MFY Baxt ko‘chasida yashovchi E.G’aniyevga va Kichik Beshkapa MFY Zakovat ko‘chasida istiqomat qiluvchi B.Sodiqovlarga ham issiqxona faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratib berilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Qayrag‘och MFYdagi hokim yordamchisi S.Turobov tomonidan Shodlik ko‘chasida yashovchi A.Nazarovga imtiyozli kredit asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun asbob uskuna olishda yordam berildi.

Shodlik MFYdagi hokim yordamchisi M.Saidovaning tavsiyanomasiga asosan M.G’ulomovaga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida 33 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilib, “Sovun va kir yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari, parfyumeriya va pardoz vositalari ishlab chiqaruvchi” uskuna olib berildi va 4 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Qoraqushchi MFYdagi hokim yordamchisi Sh.Boboyevning yordami bilan Turon ko‘chasida yashovchi I.Boyyigitovga 30 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobidan chiqindini qayta ishlash dastgohi olib berilib, 3 ta ishchi o‘rni yaratildi.

Dehqonobod MFYdagi hokim yordamchisi T.Qodirovning ko‘magida Sixatgoh ko‘chasida istiqomat qiluvchi S.Xoltojiyevaga asalarichilik bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kredit mablag‘i ajratib berildi. Shuningdek, O’qchi MFYdagi hokim yordamchisi F.Mullajonovning tavsiyasiga ko‘ra Buloqboshi ko‘chasida yashovchi E.Otaboyeva ham asalarchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli kredit asosida 23 ta asalari qutsi olib berilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Solijonobod MFYdagi hokim yordamchi Sh.Rahmonovning yordamida Yuksalish ko‘chasida yashovchi G.Raxmonovaga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida qandolatchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan zamonaviy pishiriq pechlari olib berilib, 2 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram