Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI – XALQQA KO’MAKDOSH

×

 2022-11-07 13:32:48    175

PDF yuklash
Chop etish



QISQA SATRLARDA...      

Solijonobod MFYdagi hokim yordamchisi Sh.Rahmonovning ko‘magida Yuksalish ko‘chasida yashovchi N.Mo‘minovaga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan tikuv mashinalari olib berildi va fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Yangiariq MFYdagi hokim yordamchisi S.Odilovning tavsiyasiga ko‘ra Yangibo‘ston ko‘chasida istiqomat qiluvchi G’.Mamadjonovga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit asosida tikuv mashinasi hamda xom ashyo materiallari berilib, 3 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Yo‘ldoshobod MFYdagi hokim yordamchisi D.Ibrohimovning yordami bilan Toshbuloq ko‘chasida yashovchi A.Ibrohimovga imtiyozli kredit hisobiga issiqxona qurib berildi.

Qiyqi MFYdagi hokim yordamchisi B.Taniqulovning sa’y-harakati bilan Sardoba, Chinortepa ko‘chalarida 150 dona tayanch stolba, 2 ta TP o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Huddi shuningdek, Loyson mahallasidagi Dilkash va Shodlik mahallasidagi ichki yo‘llarda shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Oqtepa mahallasida esa aholi uchun toza ichimlik suvi tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Baland masjid” MFYdagi hokim yordamchisi A.Teshaboyevning tavsiyasiga ko‘ra Navro‘z ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Isaqovga “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida hunarmandchilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratib berildi.

Bo‘ston MFYdagi hokim yordamchi A.Tavakkalovning ko‘magida Nokzor ko‘chasida yashovchi M.Ergashevga imtiyozli kredit ajratish hisobiga ishlab chiqarish dastgohi olib berilib, uning bandligi ta’minlandi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram