Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN MUHOKAMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
2022-11-05 17:53:46 185
Qo‘shtepa tumani hokimligida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda o‘zaro hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan tizimli ishlarni tashkil etish, jinoyatning sabablari va unga imkon yaratib berayotgan shart-sharoitlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, profilaktika inspektorlari, keng jamoatchilik hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tuman prokurori F.Ismoilov tomonidan jinoyatchilikning ahvoli mahallalar kesimida tahlil qilinib, jinoyat sodir etilishining sabab va sharoitlarini o‘rganish, o‘zaro hamkorlikda samarali tadbirlarni tashkil etish borasida taklif va tavsiyalar muhokamaga qo‘yildi.
Tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni manzilli tashkillashtirish, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarini tizimli ravishda aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik ishlar samaradorligini yanada jonlantirish lozimligi tushuntirildi.