Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI – XALQQA KO‘MAKDOSH

×

 2022-11-03 16:40:14    85

PDF yuklash
Chop etish



QISQA SATRLARDA...      

O’qchi MFYdagi hokim yordamchisi F.Mullajonovning ko‘magida Yangi Farg‘ona ko‘chasida yashovchi X.Boymirzayevaga imtiyozli kredit asosida 3 ta tikuv mashinasi olib berilib, 2 nafar ayollarning bandligi ta’minlandi.

O’rta O’qchi MFYdagi hokim yordamchisi X.Xojimatovning yordami bilan Shukrona ko‘chasida istiqomat qiluvchi X.Axatjonovga “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit ajratib berildi va 4 nafar fuqaro ishli bo‘ldi.

Borot MFYdagi hokim yordamchisi M.Sayidazimov ko‘magida Orzu ko‘chasida istiqomat qiluvchi K.Usmonovaga davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun imtiyozli kredit ajratilib, mebel jihozlari olib berildi.

Qo‘rg‘oncha MFYdagi hokim yordamchisi I.Xolmurodov Pillakor ko‘chasida yashovchi O.Topvoldiyevaning bandligini ta’minlash maqsadida xonadonida qo‘ychilikni rivojlantirishi uchun 25 mln. so‘mlik imtiyozli kredit evaziga qo‘y olishida yordamlashdi.

Garmdon MFY hokim yordamchisi M.Ortiqovning tashabbusi bilan Ariqbo‘yi ko‘chasida yashovchi Yo.Xoshimovaga imtiyozli kredit asosida 3 ta tikuv mashinasi olib berildi va 2 nafar ishsiz ayollarning bandligi ta’minlandi.

Kichik Beshkapa MFYdagi hokim yordamchisi N.Dadaxonovning tavsiyasiga asosan Subxidam ko‘chasida istiqomat qiluvchi X.G’aniyevga imtiyozli kredit berildi. Natijada tadbirkor novvot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yildi va 2 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Xumdon MFYdagi hokim yordamchisi S.Nuriddinovning tashabbusi bilan Xumdonobod ko‘chasida yashovchi D.Sotvoldiyevaga issiqxona faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli kredit ajratildi va 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Qizilariq MFYdagi hokim yordamchi A.Mo‘ydinovning ko‘magida Sayoxat ko‘chasida istiqomat qiluvchi O.Nurmatovga oq qant ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit asosida qo‘shimcha stanok olib berildi.

Sarmozor MFYdagi hokim yordamchisi U.Xolmatovning yordami bilan Bog‘iston ko‘chasida istiqomat qiluvchi B.Mamatovaga imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga 4 dona tikuv mashinasi olib berilib, 3 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram