Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMINING MUROJAATNOMASI

×

 2022-11-03 15:47:22    78

PDF yuklash
Chop etish


Aziz fuqarolar! Tabiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovushi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e’tborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish zarur.

Aks holda isitish moslamalari bilan bog‘liq turli noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Mamlakatimizda mavsum davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan Sizlardan qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz:

- Tashqi himoya qobig‘i shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

- Elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

- Isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlari va ular dudbo‘ronlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudbo‘ron orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;

- Isitish pechlarining dudbo‘ronlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

- Nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;

- Isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

- Gaz va elektr istish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

- Gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil eting;

- Gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

- Yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

- Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e’tibor bering.

Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring. Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” yoki “1050” telefon raqamiga xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz.

J.A.Jo‘raboyev,

Qo‘shtepa tumani FVB P va NB boshlig‘i kapitan. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram