Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHILARI – XALQQA KO‘MAKDOSH
2022-11-02 14:59:22 160
QISQA SATRLARDA...
Quvurboshi MFYdagi hokim yordamchisi U.Abduvaxobov ko‘magida Ko‘ksaroy ko‘chasida istiqomat qiluvchi R.Karimovga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasi olib berilib, 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
O’qchi MFYdagi hokim yordamchisi F.Mullajonov tashabbusi bilan Afrosiyob ko‘chasida yashovchi M.Zokirovga imtiyozli kredit asosida 2 sotxli issiqxona qurib berildi. Endilikda ikki nafar ishsiz fuqaro ham doimiy ish bilan band bo‘ldi.
Solijonobod MFYdagi hokim yordamchisi Sh.Raxmonovning yordami bilan Afsona ko‘chasida yashovchi B.Mamasidiqovga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida parrandachilik yo‘nalishida 15.4 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan naslli tovuqlar olishiga ko‘maklashildi.
Qiyqi MFYdagi hokim yordamchisi B.Taniqulovning ko‘magida Bexizor ko‘chasida yashovchi hunarmand N.Raxmatovga imtiyozli kredit asosida “Multfleyzer” zamonaviy dastgoh sotib olishida yordam ko‘rsatildi.
Ko‘prikboshi MFYdagi hokim yordamchisi A.Ashurovning yordami bilan mahallaning “Temir daftar”ida turuvchi A.Axmadaliyevga imtiyozli kredit asosida 2 ta tikuv mashinasi olib berildi. Natijada 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Nurafshon MFYdagi hokim yordamchisi D.Xamroliyev O’rikzor ko‘chasida yashovchi O.Axmadjonovaga oilaviy MMT tashkil etishda va imtiyozli kredit asosida jixozlar olishida yordam berdi.
Qoraqushchi MFYdagi hokim yordamchisi Sh.Boboyev Turon ko‘chasida yashovchi Sh.Sayfutdinovaga imtiyozli kredit evaziga mahallada “Ayollar fitnes klubi” tashkil etishiga ko‘maklashdi.
Xalqobod MFYdagi hokim yordamchisi B.Pozilov Murabbiylar ko‘chasida istiqomat qiluvchi H.Xusanovning murojaatiga asosan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditga “Rustrak” rusumli minitraktor olishda va uning bandligini ta’minlashda yordam berdi.