Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT XIZMATCHISI QANDAY BO‘LISHI KERAK?

×

 2022-10-29 20:33:38    131

PDF yuklash
Chop etish



Bugun mamlakatimizda kadrlarga oid davlat siyosati o‘zgardi. Davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish va faoliyat ko‘rsatishning zamonaviy talablari ishlab chiqilmoqda. Bunda albatta, xorijiy davlatlar tajribasi, ular bosib o‘tgan yo‘l inobatga olinmoqda.

Singapurda muvaffaqiyatli biznes g‘oyalarining davlatni rivojlantirish va isloh qilish bilan birlashtirilishi davlat xizmatining rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishiga olib kelgan ekan. Bosh vazir Li Kvan Yuning “HAIR” dasturining davlat xizmatiga tatbiq etilishi, davlat xizmatiga munosib kadrlarning tanlab olinishi va ularga ishlash uchun barcha sharoitlarning kafolatlanishi Singapur davlat xizmatining rivojlanishi va mamlakatda korruptsiyaning keskin qisqarishiga olib kelgan.

“HAIR” (“H-helicopter view – vertolyot kuchi; A-analysis – tahlil kuchi; I-imagination – fikrlash, tafakkur qilish; R-reality – haqiqat hissi) dasturiga ko‘ra, davlat xizmatida faoliyat olib borayotgan kadrlar atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatishi, har xil hodisa va tafsilotlarga e’tibor berishi, vaziyatni chuqur va oqilona tahlil qila olishi, tafakkur qilishi va haqiqatni (muammoni) aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerakligi, shuningdek, davlat xizmatchisi muammoni hal etish uchun yangicha yondashishi talab etiladi.

Avstraliyada ham davlat xizmatida faoliyat olib boruvchi kadrlarga xuddi shu kabi talablar qo‘yiladi. Mamlakatda qabul qilingan mezonlarga muvofiq davlat xizmatchilaridan:

- og‘zaki va yozma ma’lumot berish qobiliyatiga ega bo‘lish;

- maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘lish;

- muammolarni tahlil qilish va hal etish qobiliyatiga ega bo‘lish;

- tashkilotchilik va vaqtni boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

- o‘zaro munosabatlarga mas’uliyat bilan yondashish;

- jamoa bo‘lib ishlashga qodirlik;

- ishga uslubiy yondashishi talab etiladi.

Germaniya federativ respublikasida esa davlat xizmatchilaridan qo‘yidagi majburiyatlar talab etiladi:

- sadoqat (xodim, mansabdor shaxs ish beruvchisiga sadoqat bilan xizmat qilishi);

- munosib xulq-atvor;

- chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lish;

- ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilish;

- ish intizomiga rioya qilish;

- o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mustaqil hal etish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Janubiy Koreya respublikasida davlat xizmatchilarining 9 ta darajasi bo‘lib, kadrlar barcha davlat organlari va tashkilotlarga qat’iy belgilangan tamoyillar asosida ochiq mustaqil tanlov bilan ishga qabul qilinadi. Koreya Respublikasida tanlab olingan kadrlarning malakasini oshirish, o‘qitish masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishda darajalariga qarab maxsus tashkil qilingan ta’lim muassasalariga qamrab olinadi. 6-9 darajadagi davlat xizmatchilari 100 soatlik mobil darslarni o‘tashi shart qilib belgilangan. Bunda ular masofali mobil darslarni bajarishadi.

Koreyada davlat xizmatchisining karerasi xizmatga tayinlash modeliga asoslanadi. Bunda ochiq va mustaqil tanlov asosida yangi ishga qabul qilinganlar orasidan potentsial nomzodlar ajratib olinadi. Davlat xizmati lavozimlariga tanlashni tashkil etish chuqur bilimlarga va boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarni lavozimlarga joylashtirishga asoslangan. Keyinchalik yuqori lavozimlarga tayinlash nomzodlarning yuqori kasbiy faolligi, davlat xizmatining har bir darajasi uchun tayyorlangan o‘quv dasturlarini bajarishi, xodimlarning muntazam ravishda o‘qitilishi hamda muvaffaqiyatli attestatsiyadan o‘tganlik sharti bilan amalga oshiriladi.

Bizda ham barcha vazirlik va idoralar o‘z sohasidagi barcha xodimlar bilishi shart bo‘lgan, asosiy kasbiy bilimlar jamlangan mobil dars dasturlarini yaratsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Endilikda bizning mamlakatimizda ham kadrlarni ochiq mustaqil tanlab olish shartlari asosida saralash va lavozimlarga joylashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yurtimizda va xorijda malakasini oshirish, ularga darajalar berish orqali mansab pog‘onalaridan ko‘tarilib borishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Shunday ekan, ertaga davlat xizmatida ishlamoqchi bo‘lgan kadr “men bir amal qilib falon joyga, falon lavozimga ishga o‘tsam bo‘ldi” yoki “bir amallab o‘qishni tamomlasam, diplomga ega bo‘lsam bo‘ldi”, degan tushunchalardan yiroq bo‘lib, o‘z ustida muntazam ishlashi, kasbiy va zamonaviy bilimlarni puxta egallashi, albatta, chet tillarini o‘rganishi, tahlil va tafakkur qilishi, muammolarni hal etishda yangicha fikrlar bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Zero Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:

- Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandik bajarishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish, o‘sish bo‘ladi.

Davlat xizmatchilari qarorlarni faqat xalq manfaati nuqtai nazaridan qabul qilishlari kerak. Ular qarorlarni o‘zlari, oilalari yoki do‘stlarining moliyaviy yoki boshqa moddiy foyda olishlari uchun qabul qilmasliklari lozim deb hisoblayman.

To‘g‘rilik va halollik davlat xizmatchisining hamrohi bo‘lmog‘i kerak, buyuk jadidchilarimizdan biri Abdulla Qodiriy o‘zining o‘limi oldidan ham haqiqiy vatanparvar sifatida ko‘rinish bergan, uning sud jarayonidagi so‘zlari: To‘g‘rilik yo‘lida boshim ketsa ex deydigan yigit emasman degani, uning to‘g‘riligidan o‘rnak olish biz davlat xizmatchilarini ham to‘g‘rilik sari yetaklashini anglatadi nazarimda.

 Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobida yozilganidek;

Kichik va ahamiyatsiz ko‘ringan o‘zgarishlar ham, agar doimiy ravishda takrorlansa, yillar davomida hayratlanarli natijaga olib kelgani kabi Davlat xizmatchisi ham doimiy, ijobiy o‘zgarib borishi orqali haqiqiy yetakchiga aylanib boradi.

Davlat xizmatchisining 3 muhim sifati mavjud bo‘lishi kerak deydi ustozlarim,

1.     Fidoiylik

2.     Halollik

3.     Professionalizm

 Xulosa qilib aytsam, men davlat xizmatchisini Alisher Navoiy kabi fidoiy,Abdulla Qodiriy kabi mard va halol bo‘lishini, shuningdek xalqning manfaatlarini o‘zining manfaatlaridan ustun qo‘yadigan, professional bo‘lishi kerak deb hisoblayman.

Baxtiyor TANIQULOV,

Qo‘shtepa tumani, Qiyqi MFY hokim yordamchisi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram