Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN FERMER, DEHQON XO‘JALIKLARI VA TOMORQA YER EGALARI KENGASHI RAYOSATINING FERMER VA DEHQONLAR HAMDA TOMORQA YER EGALARIGA MUROJAATI

×

 2022-10-29 19:29:23    123

PDF yuklash
Chop etish




Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.

Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi.

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tug‘ilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. O’sha daraxt bilan birga farzand ham ulg‘aygan.

Demak, xalqimizning ibratli o‘tishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi.  

Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan ko‘rsatmalari ana shunday ezgulik yo‘lidagi juda ham muhim tashabbusdir. 

Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu boradagi ishlarni kengaytirib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz oyida 75 million dona, 2023 yil bahor oyida 125 million daraxt ekish vazifasi belgilab berildi. 

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emasligi, kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxti ko‘chatini ekish maqsad qilingani ta’kidlandi.

“Yashil makon” umummilliy loyiha amalga oshirilishi har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalar ko‘paytirilishi ayni muddaodir.

O’tgan yillar tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. Qayd etish kerakki, o‘tgan yili kuz va joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari chetlariga va aholi tomorqalarida 200 milliondan ziyod ko‘chat ekildi. Albatta, bu savobli ishlarda ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham munosib ulushi bor.

Hurmatli fermerlar!

“Dolzarb 40 kunlik”da Siz ham dalangiz chetidagi bo‘sh yerlarga tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Buning uchun mamlakatimizdagi ko‘chat yetishtiruvchi bir yarim mingta fermer, dehqon xo‘jaliklarida va tomorqa yer egalarida 76 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq va boshqa daraxt nihollari mavjud. 

Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

Mehnatkash dehqonlar!

Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-g‘alladan bo‘shagan maydonlardan dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratilib, Sizlar shu yildan boshlab bu yerlardan daromad olishni boshladingiz.

Sizlar har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga va ko‘cha boshiga tut, tok va boshqa ko‘chatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

Muhtaram tomorqachilar!

Mamlakatimizdagi 10 mingga yaqin mahalla fuqaro yig‘inlarida 5,5 milliondan ziyod tomorqa yer egalari faoliyat yuritadi.

Natijalar hisob-kitoblarda aniq ko‘rinadi. Agar har bir tomorqachi o‘z tomorqasiga, mahalla guzariga va ko‘cha boshiga 10 tupdan ko‘chat eksa, yurtimiz bo‘yicha 55 million tup ko‘chat ekiladi. Bunday saxovatpeshalik bilan qilingan ishlaringiz tahsinga sazovor bo‘ladi!

Sizlarga tut, tok va boshqa ko‘chatlar kerak bo‘lsa joylardagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga murojaat etishingiz mumkin.

Ayni paytda Kengash huzuridagi “Quva ilmiy ishlab chiqarish” markazida 30 milliondan ziyod tok, tut va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari zahirasi yaratilgan, ushbu ko‘chatlarni xarid qilib, mahallangiz guzariga va ko‘cha boshlariga hamda tomorqangizga ekib obod qilishga chaqiramiz.  

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

Sizlarni hurmatli Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekishga chaqiramiz!

Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mana shu, mahalla, shahar va mana shu vatan ham o‘zimizniki. Uning ozodaligi va ko‘rkamligiga barchamiz mas’ulmiz. 

Vatanimiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik! 

Qo‘shtepa tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi.

QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.    


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram