Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI” O‘TKAZILDI

×

 2022-10-28 12:15:39    131

PDF yuklash
Chop etish



Ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va kasbga yo‘naltirish, shuningdek ularni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish maqsadida Qo‘shtepa tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, kasanachilik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar, imkoniyatlar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, tumanda faoliyat olib borayotgan xususiy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va ishchilarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ham tushunchalar berildi. 

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida korxona, tashkilotlar va xususiy korxonalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida qatnashgan fuqarolarga aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun asosida kasanachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi.




















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram