Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2022-10-27 11:01:16 184
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidan yuborilgan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.
Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Xumdon MFYda aloqa sifati yaxshi emas, “O’zmobayl” kompaniyasi bir yildan beri antenna o‘rnatamiz deb qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib keladi. Iltimos, aloqa va internet sifatini yaxshilab berishsin!” – deya xabar qilingan.
Qo‘shtepa tumani Xumdon MFYdan yo‘llangan ushbu murojaat yuzasidan “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg‘ona filiali Qo‘shtepa telekommunikatsiya bog‘lamasi quyidagilarni ma’lum qiladi: “Xumdon mahallasida “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg‘ona filiali Qo‘shtepa telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan 7 km optik tolali aloqa liniyalari tortilib, extiyoji bor 30 dan ortiq xonadonlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Xumdon mahallasidagi qabristonga antenna o‘rnatilgan bo‘lib, lekin yakuniy stantsiyani o‘rnatish ishlari tugallanmagan. Bunga sabab aholining “antenna radiatsiya tarqatadi, bu sog‘liqqa zarar” degan e’tirozi bo‘lgan. Xumdon MFYda mobil aloqa sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ishlar “O’zmobayl” kompaniyasi tomonidan olib borilishini ma’lum qilamiz.”
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.