Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 QO‘SHTEPA TUMANIDA EZGULIK VA XAYR-SAXOVAT BILAN YO‘G‘RILGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA 

×

 2022-10-26 13:30:11    89

PDF yuklash
Chop etish



#Inson_qadri_uchun

Qo‘shtepa tumanida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ahvoldagi bemorlarni sog‘ligini tiklashlari uchun ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun tuman hokimligida shunday oilalardan yana biriga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Qo‘shtepa tumani G’ishtmon mahallasida yashovchi Fazilatxon Yusupova Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanib voyaga yetgan Anita Avdoninani o‘z qizidek oilasi bag‘riga qabul qildi. Anita ham yillardir kutgan oila mehrini shu yerdan topib, ularga bog‘lanib qoldi. Fazilatxon onasidan oila, ro‘zg‘or saboqlarini oldi. Xatto undan tikuvchilik sir-asrorlarini ham o‘rgandi. Hozirda ona-qiz birgalikda tikuvchilik qilishadi.

Buni qarangki, Anita bilan Fazilatxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdujabbor bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishgani uchun bu oila yaqin kunlar ichida farzandlarini nikoh to‘ylarini o‘tkazishmoqchi.

Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan to‘y arafasida turgan ushbu oilaga homiylik yordami ko‘rsatildi. Sektor rahbarlari ishtirokida Fazilatxon Yusupova va Anita Avdoninalarga tumandagi “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ rahbari M.Razakov va “Turdaliyev Madamin” fermer xo‘jaligi rahbari M.Turdaliyevlar tomonidan yigirma million so‘m xomiylik yordami ko‘rsatildi.  







 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram