Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YURT POSBONLARI BAYRAM MUBORAK!

×

 2022-10-25 08:33:00    128

PDF yuklash
Chop etish


25 oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni

Tinchlik – bebaho ne’mat. Uni saqlamoq, avaylamoq, kerak bo‘lsa bu yo‘lda jon fido qilish shu zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Ta’kidlash joizki, osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, ota-onalarimizning farovon umr kechirishi yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bir hadislarida tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab, shunday deganlar: «Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. Ular xotirjamlik va sihat-salomatlikdir».

Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning buyuk ilohiy ne’matlaridan biridir. Qolaversa, barcha ezgu ishlar ro‘yobga chiqishining boisi ham osoyishtalikdir. Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikni qadriga yetib, shukrini ado etishlari balki, unga noshukrlik qilib, putur yetkazib qo‘yishdan ham saqlanishlari lozim.

Tinchlik-xotirjamlik doim e’zozlanadigan, uning uchun tinmay shukrona aytiladigan aziz ne’matdir. Yaratgan Robbimizga hamdu sanolar bo‘lsinki, o‘zbek xalqiga ana shu aziz ne’matni nasibu ro‘z ayladi. Yurtimiz tinch, hayotimiz bir maromda, xotirjam kechmoqda, kunlarimiz yorug‘, tunlarimiz osuda. Har kuni erta tongda ketib, kechqurun ishdan qaytamizmi, bir necha kunlik uzoq safarlarda bo‘lamizmi, oila a’zolarimizdan ko‘nglimiz xotirjam.

Oynai jahon orqali osmonini urushning qora buluti qoplagan, har kuni begunoh qonlar to‘kilib, insonning insonlik, fuqarolik haq-huquqi poymol qilinayotgan, uy-joyi vayron, ekini payhon, mol-mulki talon-taroj bo‘layotgan yurtlarni ko‘rganimizda Vatanimizdagi dorilomon kunlarning qadrini yanada chuqurroq his qilamiz, Parvardigorimizga hamdu sanolar aytamiz. Ayni paytda bu osuda hayotning xavfsizligini himoya qilayotgan, kecha-kunduz xizmatda shay turgan tinchligimiz posbonlariga ham minnatdorchilik bildiramiz, rahmatlar aytamiz. Ularning xizmatlarini yuksak qadrlaymiz va har yili oktyabr oyining 25 kunini – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida butun yurtimizda keng nishonlaymiz.

Ana shu kun munosabat bilan Ichki ishlar idoralarining barcha xodimlarini hamda Qo‘shtepa tumani IIB xodimlarini, ichki ishlar idoralari faxriylarini bu bayram bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bugun yurtimiz tinch, hayotimiz farovon. Bu yo‘lda kamarbarsta bo‘layotgan yurt posbonlarini yana bir karra kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Abduhoshim AHMADALIYEV,

Qo‘shtepa tumani bosh imom-xatibi.

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram