Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I PODPOLKOVNIK MAVLONOV SHAVKATJON ERGASHOVICHNING “25 OKTYABR - ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI” KASB BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

×

 2022-10-25 08:26:45    131

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Ichki ishlar organlari xodimlarini, aziz faxriylarimizni “25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari ham g‘oyat sharafli va mas’uliyatli yo‘lni bosib o‘tdi. Ayniqsa, keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida ichki ishlar organlarida keng ko‘lamli va puxta o‘ylangan islohotlar amalga oshirildi.

Sohada amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy moddiy texnik vositalar bilan ta’minlangan, yuksak bilim va professional ko‘nikmalarga ega vatanparvar kadrlarni o‘zida jamlagan, eng asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo‘la oladigan yangi tizim yaratildi.

Buni turli xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan jonajon yurtimizni jinoyatchilikdan holi, eng tinch va osoyishta mamlakatlar qatorida ko‘p bora e’tirof etilganida ham ko‘rishimiz mumkin.

Shuni alohida takidlashim joizki, Ichki ishlar organlari zimmasiga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajarishda hamda tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tatbiq etishda, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashishda ko‘plab xodimlarimiz qasamyodiga sodiq qolib, barcha hamkasblariga o‘rnak bo‘lmoqdalar.

Yurtimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonunchilik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga fayzu-baraka tilayman! 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram