Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI NOVIKOV ILYOS VALERIYEVICHNING “25-OKTYABR - ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

×

 2022-10-25 08:13:25    185

PDF yuklash
Chop etish



Bugungi qutlug‘ sana – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarini va faxriylarimizni, shuningdek, Qo‘shtepa tumani IIBning barcha xodimlarini  samimiy tabriklayman.

O’z hayotini fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, azizlarga minnatdorchilik izhor etaman.

So‘ngi yillarda, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida barcha sohalarda bo‘lgani singari, ichki ishlar tizimida ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilib, unda inson hukuqlari va erkinliklarini ta’minlash eng asosiy vazifa qilib belgilab berilganligi soha xodimlariga alohida mas’uliyat yuklaydi.

Zero, ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin – deb, ta’kidlangan ezgu g‘oya bejiz emas. Aynan shu talab, sohada amalga oshirilgan va davom etib kelayotgan islohotlarning asosi va maqsadi bo‘lib xizmat qilmoqda.

O’z hayotini Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishni o‘zining professional burchi deb biladigan azmu-shijoatli xodimlarning fidokorona mehnatlari alohida e’tirofga sazovor.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklab, xizmat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka tilayman.

Hamisha yurtimiz tinch, osmonomiz musaffo bo‘lsin!




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram