Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2022-10-21 13:17:02 208
Qo‘shtepa tumani “Namuna” mahallasi hududidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hududagi yoshlar bilan birga tumandagi mas’ul idoralarning rahbarlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuv hududagi yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bo‘ldi.
Uchrashuvda turli sohalarda o‘qiyotgan va ishlayotgan yoshlarning fikrlari eshitildi. Ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berilib, ko‘tarilgan takliflarni tegishli tashkilotlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.
Shuningdek, tuman rahbari 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirib, maktab o‘quvchilari bilan ham uchrashdi.