Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEK TILI BAYRAMI QO‘SHTEPADA KENG NISHONLANDI
2022-10-20 15:21:25 172
Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida 21 oktyabr –“O’zbek tili bayrami” keng nishonlandi. O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov O’zbek tili bayrami bilan barchani muborakbod etib, tilimizning bugungi kundagi nufuzi va mavqeyi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning turli yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga va o‘z ona tilining obro‘sini oshishi yo‘lida beminnat xizmat qilayotgan bir guruh fidoyilarga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tuman madaniyat uyining san’atkorlari va 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan she’r, qo‘shiq, raqs hamda sahnalashtirilgan ijodiy chiqishlar barcha tadbir ishtirokchilarida ko‘tarinki ruh va faxr-iftixor uyg‘otdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qoladi.
“Davlat tili to‘g‘risida” qonun qabul qilingan kunga bag‘ishlangan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.