Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ATLAS BAYRAMI” V XALQARO AN’ANAVIY TO‘QIMACHILIK FESTIVALI

×

 2022-10-17 14:21:45    83

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi “Hunarmandlar markazi”da An’anaviy hunarmandchilik, etnodizayn va tadbirkorlik bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlar boshlandi

2022 yilning 20–22 oktyabr kunlari Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi. Festival Turizm va madaniy meros vazirligi, UNESCO ishlari bo‘yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, UNESCO’ning O’zbekistondagi vakolatxonasi, UNFPA’ning O’zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Marg‘ilon shahar hokimligi va Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

Festivaldan oldin, ya’ni 16–19 oktyabr kunlari O’zbekiston va Qirg‘iziston hunarmandlari va dizaynerlari uchun an’anaviy to‘qimachilikning har xil turlariga bag‘ishlangan an’anaviy hunarmandchilik, etnik dizayn va tadbirkorlik bo‘yicha to‘rt kunlik treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu trenglar kecha 16 oktyabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi “Hunarmandlar markazi”da o‘z faoliyatini boshladi.

Bugungi nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlar biznes-trener, Farg‘ona viloyati “Qalb nuri” ayollar va ularni oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab quvvatlash markazi direktori Damira Tuxtasinova, biznes-trener, “Tadbirkor ayol” Namangan uyushmasi raisi Lola Abduxalimovalar tomonidan olib borilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etishadi. An’anaviy kashtachilik, jiyak to‘qish va tabiiy ranglar bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarni an’anaviy jiyak to‘qish va tabiiy ranglar bilan ishlash ustasi Alisher Axmadaliyev,  feshn-dizayner, “Maru” brendi asoschisi Marxamat Umarovalar olib borishadi.

Festivalda ilk bor ishtirok etishim, – deydi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi kashtachilik fakulteti 9-sinf o‘quvchisi Laziza Zayniddinova. – Festival chinakam ma’noda milliy va xalqaro hunarmandlar, ishlab chiqaruvchilar, an’anaviy to‘qimachilik bo‘yicha mutaxassislar, dizaynerlar va moda mutaxassislarini birlashtiradi. Albatta, bu tadbirlar birgalikda o‘zaro tajriba almashish va o‘rganish uchun platforma yaratadi hamda O’zbekistondagi boy va qadimiy hunarmandchilik an’analari haqida mahalliy va xalqaro xabardorlikni oshirishga yordam beradi.

Mashg‘ulotlar taniqli san’atshunoslar, dizayner va mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Turli viloyatlardan va Qirg‘izistondan kelgan hunarmandlar, dizayner va tadbirkorlar bilan o‘zaro fikr almashmoqdamiz. Albatta bu bizni kelgusida yanada ko‘proq izlanishga va ijod qilishga undaydi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram