Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA QISHLOQ AYOLLARIGA YUKSAK HURMAT-EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2022-10-15 13:57:58    87

PDF yuklash
Chop etish



15-oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni”

15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni 2007 yildan buyon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlab kelinadi. Jumladan, mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon ushbu kun munosabati bilan qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. Joriy yilda ham ushbu kunni yanada keng nishonlash, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan “Istiqlol” madaniyat uyida tashkil etilgan bayram tadbirida ham ayollarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tuman hokimi tadbirda so‘z olib, har jabhada ilg‘or va tashabbuskor bo‘lgan ayollarni bugungi sana bilan samimiy qutladi.

Har jabhada faol qishloq ayollariga tadbir davomida tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va xushovoz san’atkorlar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bir so‘z bilan aytganda, qishloq joylarda yashaydigan xotin-qizlar mehnat faoliyati turidan qat’i nazar, aholi farovonligi, dasturxon to‘kinligiga munosib hissa qo‘shadi. Bunday yurt ayollariga bayram yarashadi. Ayniqsa, qishloq ayollari mehnati alohida eslanadigan kun – 15 oktyabr «Xalqaro qishloq ayollari kuni bu mening yurtim ayollarining haqiqiy bayramidir.

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram