Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANA BIR BEMORGA YORDAM BERILDI
2022-10-14 17:07:38 171
#Inson_qadri_uchun
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda
Xalq qabulxonasiga kelib, Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikovga farzandi Shavkatjon Yo‘ldoshevning jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana bir murojaatchi, O’qchi mahallasida yashovchi Ra’noxon Yo‘ldoshevaning murojaati ham ijobiy xal etildi.
Shavkatjon Yo‘ldoshev jigar tsirrozi bilan og‘rib kelayotganligi uchun hozirda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shu kunlarda bemorga mablag‘ zarurligi inobatga olinib tuman hokimi Ilyosbek Novikovning tashabbusi bilan bemorga besh million so‘m xomiylik yordami ko‘rsatildi.