Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOMIYLIK YORDAMI KO’RSATILDI
2022-10-13 15:25:19 200
#Inson_qadri_uchun
Qo‘shtepa tumani Xo‘jaqishloq mahallasida yashovchi E’zozxon Nishonova bir necha yildan buyon jigar tsirrozi bilan og‘rib kelayotganligi uchun hozirda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shu kunlarda bemorga mablag‘ zarurligi inobatga olinib tuman hokimi I.Novikovning tashabbusi bilan E’zozxon Nishonovaga xomiylik yordami ko‘rsatildi.
– Men bemor E’zozxon Nishonovaning dadasiman – deydi Qodirjon Nishonov. – Qizim E’zozxon hozirda Xindistonda. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi, ahvoli yaxshi. Jarrohlik amaliyotiga mablag‘ yetishmayotganligi uchun yordam so‘rab tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edim. Murojaatim ijobiy hal etilib, dastlab “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ tomonidan besh million so‘m xomiylik yordami ajratib berildi. Bugun yana qizim E’zozxon Nishonovaga besh million so‘m xomiylik yordami ko‘rsatildi. Shu qisqa davr ichida qizimning jarrohlik amaliyoti uchun tuman hokimi I.Novikovning tashabbusi bilan jami o‘n ikki million so‘m xomiylik pul mablag‘lari ajratildi. Avvalo shu ishga bosh-qosh bo‘lgan tuman hokimi I.Novikovga va barcha saxovatpesha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.