Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA OLIY MAJLISI SENATI ISHCHI GURUHI QO’SHTEPA TUMANIDA BO’LDI

×

 2022-10-12 19:46:34    97

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida oila-turmush tarzidagi nizolar bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.



Bugungi kunda oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida sodir etilayotgan har bir og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni yuzaga keltirayotgan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganish hamda tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida Respublika Ishchi guruh a’zolari Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.



Navbatdagi o‘rganish, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi, unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi K.Burxanov boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi. O’rganish natijasi yuzasidan tuman Madaniyat markazida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Qo‘shtepa tumani “Xumdon” mahallasida o‘zaro kelishmovchilik sababli sodir etilgan mudhish jinoyat muhokama etildi.




Ushbu sodir etilgan jinoyat yuzasidan “Xumdon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jinoyat va xuquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, unga qarshi kurashish borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama etish va kelgusidagi vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilib, chuqur tahlil qilgan va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish kerakligi bildirigan. Kelgusida tuman hududidagi har bir sodir etilayotgan bunday ko‘ngilsiz xolatlarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan. 

Bo‘lib o‘tgan muhokama yig‘ilishlarida so‘z olgan mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ushbu hududda nazoratni kuchaytirish, zamonaviy video kuzatuv moslamalarini o‘rnatish lozimligini, bu kabi jinoyatlar hudud aholisiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazib kelayotganligini ta’kidlashib, kelgusida ko‘ngilsiz xolatlarni oldini olishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish lozimligi hamda turli jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan o‘z takliflarini bildirgan edilar.






Bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi K.Burxanov, raisi o‘rinbosari T.Madumarov, Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov, Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari va boshqa mas’ullar muhokamada so‘zga chiqib, oilaviy nizolarni oldini olishda mahalla raislari va oqsoqollari, otinoyilari hamda xotin-qizlar faollari jonbozlik ko‘rsatishlari, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash kerakligi, yoshlarni bilim-saviyalarini oshirish, ayniqsa turmush qurish arafasidagi yoshlarga, ularning ota-onalari va boshqa qarindoshlariga oila ilmini o‘rgatish hamda oilaga bog‘liq munosabatlarga tayyorlash zarurligi ta’kidlab o‘tdilar.





Yuqoridagilardan kelib chiqib, har bir mahallada imom-xatiblari tomonidan turmush qurayotganlar uchun oila ilmi bo‘yicha qo‘llanmalarni o‘qitish va o‘rgatish, ushbu mavzudagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish hamda shu masalaga ta’luqli mutasaddilar ishtirokida targ‘ibot ishlarini keng olib borish takliflari qabul qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram