Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLIK” JAMOASIGA XOMIYLIK YORDAMI KO‘RSATILDI
2022-10-07 20:33:47 197
Barchamizga ma’lumki ayni kunlarda futbol bo‘yicha viloyat birinchiligining 2-liga o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqalarda Qo‘shtepa tumanining “Yoshlik” terma jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Jamoaning oldindagi o‘yinlar uchun har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tuman hokimi I.Novikov tashabbusi bilan jamoaga xomiylik yordami ko‘rsatildi.
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Axrorjon Yunusov jamoa a’zolari bilan uchrashib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi.
“Alijon Bobomurod zamini” fermer xo‘jaligining rahbari Bobomurod Ahmedov jamoani qo‘llab-quvvatlab besh million so‘m xomiylik yordami ko‘rsatdi.