Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZDORNING MULKLARI XATLANDI VA SOTISH UCHUN AUKTSION SAVDOSIGA CHIQARILDI
2022-10-07 10:43:29 182
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limining xabariga ko‘ra, Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 5 maydagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Usmanov Abdulvosit Invest” MChJdan undiruvchi AT “Xalqbank” foydasiga 368.789.689 so‘m kredit qarzni undirish, undiruvni qo‘shimcha javobgar “Maks Asad Savdo” MChJga tegishli bo‘lgan Qo‘shtepa tumani, Mumtoz MFY, Mumtoz ko‘chasi 351-uyda joylashgan 2 qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bino inshootlariga qaratish belgilangan edi.
Qarzdorlik Byuro tomonidan berilgan muddat ichida bartaraf etilmagach, joriy yil 6 oktyabr kuni o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida qo‘shimcha qardoz “Maks Asadbek Savdo” MChJga tegishli bo‘lgan Mumtoz ko‘chasi 351-uyda joylashgan 2 qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bino inshootlari xatlandi.
Hozirda 500.000.000 so‘mga baholangan bino inshootlar sotish uchun auktsion savdoga chiqarildi.