Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OZOD YURTNING OBOD MANZILLARI

×

 2022-10-07 07:40:16    97

PDF yuklash
Chop etish



#Inson_qadri_uchun

Bugun Qo‘shtepa tumanining qay bir hududiga razm solmang, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarga guvoh bo‘lasiz. Hatto eng chekka mahallalarda ham obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini ta’minlash doirasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dastur doirasida eng avvalo, hamyurtlarimizning kundalik turmush sharoitida muhim bo‘lgan yo‘l, elektr energiyasi va ichimlik suvi muammolarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifo maskanlari, ko‘chalar, ko‘plab aholi xonadonlari ta’mirlanmoqda.

Xususan, tumandagi Langar mahallasida 2022 yilda “Obod qishloq” davlat dasturiga asosan 12 mlrd. 010 mln so‘m so‘mlik qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 7,1 km ichki yo‘llar asfaltlashtirilib, 500 metr piyodalar yo‘lagi qurildi. Mahalladagi 20-sonli umumta’lim maktabi 2,4 mlrd. so‘mga, 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1,9 mlrd. so‘mga mukammal ta’mirlandi. Langar shifoxonasining Ambulatoriya bo‘limi 200 mln. so‘mga ta’mirlandi. 68 ta yakka tartibdagi uy-joylarda ham ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, mahalla hududida 2 kilometr optik tolali aloqa tarmog‘i, 5,5 kilometr elektr tamog‘i tortilib, 159 dona beton tayanchlar o‘rnatildi. 70 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Hududdagi 4 dona suv inshooti ham ta’mirlanadi. 2 dona quvvati 160 kVali transformator punkti, 4 dona nasos, 2 ta rezervuar ta’mirlanadi va 13,5 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda

— Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari zamirida olijanob xalqimiz manfaati yotganligi ahamiyatlidir, — deydi mehnat faxriysi Muxtorali Qaxxorov. — Yangilanayotgan mahallamizni ko‘rgan beixtiyor ich-ichidan quvonadi.

Darhaqiqat, bugun tumanimizning qaysi joyiga bormang, obodonlashtirish va qayta qurish ishlari jadallikda davom etayotganligiga guvoh bo‘lasiz.  









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram