Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI TOMONIDAN “SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2022-10-06 10:05:57    116

PDF yuklash
Chop etish



Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq ma’muriyatchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 2022 yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilindi. Shuningdek, QQS ma’muriyatchiligi soddalashtirilib, majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yildi.



Albatta, bu kabi o‘zgarishlar tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Qo‘shtepa tuman DSI xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tsak. Qo‘shtepa tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i Z.Mirzayev va inspektsiyaning mas’ul xodimlari tomonidan muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Qo‘shtepa tuman DSI tomonidan 398 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 14 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Soliq idoralari xodimlari tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan 97-271-11-89 (Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘’basi) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram