Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZDOR XULOSA QILMAGACH, UNGA NISBATAN JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI
2022-10-06 09:02:02 193
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limining xabariga ko‘ra, bo‘linma tomonidan FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 2020 yil 25 fevraldagi qaroriga asosan qarzdor Yu.N.dan undiruvchi Yo.M. foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor Yu.N. jami 11.146.162 so‘m alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi uchun JIB Qo‘shtepa tuman sudining 2021 yil 5 oktyabrdagi qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tagan.
Lekin qarzdor bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, 2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yilning 1 oktyabriga qadar jami 12.000.000 so‘m alimentni to‘lamaganligi sababli, unga nisbatan joriy yil 4 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.