Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLAR HOLIDAN XABAR OLINMOQDA

×

 2022-10-05 13:29:25    196

PDF yuklash
Chop etish



“Keksalar haftaligi” doirasida doim e’tiborimizda bo‘lgan keksa avlod vakillaridan yana bir bor xabar olish, ularni ziyorat qilish maqsadida Qo‘shtepa tumanida qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shunday tadbirlardan biri, “Yangi do‘kon” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Viloyatimizdagi harbiy qism askarlari Yangi do‘kon ko‘chasida qarilik gashtini surayotgan mehnat fronti qatnashchisi, 93 yoshli Xoshimov Xokimjon ota holidan xabar olishdi.

— Dunyoda xalqlar ko‘p, urf-odatlar ham shunga yarasha, ammo inson qadri-qimmati, uning manfaati yuksak qo‘yilgan yurt hamma joyda ham topilavermaydi, — deydi Ikkinchi jahon urushi davrida mehnat fronti qatnashchi Xoshimov Xokimjon ota. — Shukurki, yurtimiz tinch-osuda. Shu sabab, xonadonlarimiz fayzli obod. Urush yillaridagi ocharchiligu suronli kunlar va o‘tmishning mashaqqatlarini eslasam, bugungi farovon turmushimizga ko‘z tegmasin, deyman.

“Keksalar haftaligi” doirasida joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda keksalarimizning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanligi yana bir bora o‘z ifodasini topmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram